Le Parisien: ikki faxriy qorovul askari Makron qarshisida hushidan ketdi
Ikki qorovul askarini Yelisey saroyi xodimlari evakuatsiya qildi. Ularning ahvoli nomaʼlum, deb xabar bermoqda Le Parisien gazetasi.

Hodisa chorshanba kuni Slovakiya prezidenti Peter Pellegrinining tashrifi chogʻida yuz berdi. Uning avtomobili Yelisey saroyiga yaqinlashganida, zinapoyada turgan qorovullardan biri shamshirini tushirdi, gandiraklab ketdi va yiqildi.
Makron va yana bir necha kishi qorovul askari tomon yugurdi. Oradan bir necha lahza oʻtib, prezident yonida ikkinchi qorovul askari ham hushidan ketdi. Kamera ortida boʻlgani taxmin qilinayotgan kishi: «Jin ursin, nima boʻlyapti?» — deb soʻradi.
Ikki qorovul askarini Yelisey saroyi xodimlari evakuatsiya qildi. Hushdan ketish sababi va harbiy xizmatchilarning ahvoli aniqlashtirilmagan.




