RUUZEN
Soʻnggi yangiliklarJuma, 2-oktabr 2026-yil
MB kursi1 USD 11808.76 UZS1 EUR 13404.12 UZS1 RUB 142.16 UZS01.10.2026
Reklama
Reklama
Texnologiyalar

Sunʼiy intellekt Napoleonning maxfiy maktubini oʻqishga muvaffaq boʻldi

Fransuz qoʻmondoni Napoleon Bonapartning general Ogyust de Marmonga yoʻllagan 217 yillik shifrlangan maktubi neyrotarmoq yordamida ochildi, deb maʼlum qildi sunʼiy intellekt muhandisi Karter Cherch X ijtimoiy tarmogʻida.

Muharrir: Роберт2-oktabr, 19:07По-русски

Read in English

GPT-6 Astra modeli qariyb ikki asrdan ortiq vaqt davomida sirligicha qolgan tarixiy hujjatni atigi olti soat ichida toʻliq tiklashga erishdi. Bu kabi ilgʻor vositalar uzoq yillik mashaqqatli izlanishlarni qisqartirib, ilgari oʻqib boʻlmagan arxiv qogʻozlarini tezkor tahlil qilish imkonini yaratmoqda.

Mazkur harbiy yozishma 1809-yilda imperatorning oʻgay oʻgʻli Ejen de Bogarne orqali Dalmasiyadagi fransuz boʻlinmalariga yetkazilgan edi. Undagi muhim koʻrsatmalar tufayli manzil egasi oʻz kuchlarini asosiy qoʻshin bilan birlashtirishga ulgurgan, Vagram jangidagi jasorati uchun esa marshallik martabasiga loyiq koʻrilgan.

Maktubning asl shifr kaliti yoʻqolgani sababli olimlar mazmunni shu paytgacha bila olishmagan. Qogʻozdagi yozuvlar taxminan 1 300 ta kodlangan qismdan va 155 xil belgidan, jumladan raqamlar, harflar hamda maxsus timsollardan iborat boʻlgan.

Dastur sirli qatordagi 33 ta maʼlum belgidan kelib chiqib, qolgan elementlarni maxsus hisoblash usuli bilan tikladi. Mashina hosil qilgan barcha variantlar oʻsha davr fransuz tili manbalari hamda sarkardaning saqlanib qolgan yozma merosi bilan qiyoslab borildi.

Ochilgan matnda Avstriyaga qarshi boshlanayotgan harbiy harakatlar va boʻlajak hujum yoʻnalishlari haqida maʼlumot berilgan. Hujjatda imperator dushman davlat har tomondan siquvga olinishi hamda qulash yoqasida ekanini alohida taʼkidlagan.

Manba: Tengrinews

Yana oʻqing