Oʻzbekistonda yil oxirigacha xorijdan qaytgan 250 ming fuqaroni ishga joylashtirish rejalashtirilmoqda
2026-yil yanvaridan buyon Oʻzbekistonga 1,116 million fuqaro qaytib keldi. Yil oxirigacha hokimiyat 250 ming kishini ishga joylashtirishni hamda oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlganlarni qoʻllab-quvvatlashni rejalashtirmoqda.

2-noyabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Yigʻilish yakunlariga koʻra, yil oxirigacha xorijdan qaytgan 250 ming fuqaroni ish bilan taʼminlash topshirildi.
Ular orasida Germaniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Rossiyada tajriba orttirgan mutaxassislar bor. Hokimlar va tarmoq rahbarlariga qaytgan fuqarolarning malakasi hamda amaliy tajribasini hisobga olgan holda ular uchun mos boʻsh ish oʻrinlarini tanlash topshirildi.
Shu maqsadda fuqarolarning ish joyi, kasbi va mehnat staji haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan platforma yaratildi. Unga hokimlar va tarmoq idoralari rahbarlari ulandi.
Yana oʻqing



