Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Samarqand 2028-yilda Xalqaro astronavtika kongressiga mezbonlik qiladi

Rejaga koʻra, tadbir 9–13-oktabr kunlari oʻtadi va Markaziy Osiyoda bunday kongress ilk bor tashkil etiladi.

6-oktabr, 21:00
Benjamin Goetzinger / Wikimedia Commons

Oʻzbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi maʼlumotiga koʻra, 5-oktabr kuni Antaliyada 79-Xalqaro astronavtika kongressini Samarqandda oʻtkazish protokoli imzolandi. Hujjatga Oʻzbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Xalqaro astronavtika federatsiyasi prezidenti Gabriella Arrigo imzo qoʻydi.

Hozir Antaliyada 77-Xalqaro astronavtika kongressi oʻtmoqda, u 9-oktabrgacha davom etadi. Samarqandni 2028-yilgi kongress shahri sifatida federatsiya avvalroq tanlagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media