«Real» Arda Gyuler bilan shartnomani 2032-yilgacha rasman uzaytirdi — maoshi oshiriladi
21 yoshli futbolchining avvalgi shartnomasi 2029-yil iyunigacha amal qilardi. Yangi kelishuv uni yana uch mavsumga uzaytiradi va Ispaniya OAV maʼlumotlariga koʻra, maoshning sezilarli oshirilishini koʻzda tutadi.

2023-yil yozida «Real» Arda Gyulerni «Fenerbahche»dan 20 mln yevroga sotib olgan, yana 10 mln yevrogacha bonuslar hisobiga qoʻshilishi mumkin edi. Turkiyalik futbolchining Ispaniyadagi ilk mavsumi jarohatlar sababli yaxshi chiqmadi, biroq vaqt oʻtishi bilan u asosiy tarkibdan joy oldi. Hozir Gyuler Joze Mourinyo taktikasidagi asosiy futbolchilardan biri.
Avvaliga Ispaniya matbuoti shartnoma 2031-yilgacha uzaytirilishi haqida yozgan edi, biroq yakunda tomonlar bir yil uzoqroq muddatga kelishib oldi. Endi Gyulerni klub bilan 2032-yilgacha shartnoma bogʻlab turadi — yaqinda shartnomasini 2032-yilgacha uzaytirgan Vinisius Junior bilan bir xil muddatgacha.




