Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 010,45EUR 13 200,69RUB 145,64Chorshanba, 18-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Zoom, BBC va CNN saytlarida zararli kod aniqlandi

Optimizely xizmati orqali amalga oshirilgan keng koʻlamli kiberhujum 178 ta tashkilot saytiga, jumladan Zoom, BBC, CNN, Salesforce va GitLab saytlariga taʼsir koʻrsatdi. Bu haqda BleepingComputer kiberxavfsizlik sohasi mutaxassislariga tayanib xabar berdi.

18-noyabr, 17:44
bleepingcomputer.com

Hujumchilar Optimizely Web Experimentation platformasida foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish mexanizmidagi zaiflikdan foydalangan. Bu ularga ayrim mijozlarning loyihalari sozlamalariga zararli JavaScript-kodni kiritish imkonini bergan. Natijada skriptlar ushbu xizmatdan foydalanadigan saytlar orqali yuklangan.

Tadqiqotchilarning maʼlumotlariga koʻra, zararli kod kriptovalyuta hamyonlari manzillarini almashtirish va bank kartalari maʼlumotlarini toʻplash uchun moʻljallangan. Shuningdek, u cookie-fayllarni qoʻlga kiritishi va ochiq sahiflarning skrinshotlarini olishi mumkin boʻlgan. Bundan tashqari, Apple qurilmalaridagi zaifliklardan foydalanishga qaratilgan vositalar ham aniqlangan.

Tadqiqotchilar 178 ta tashkilot bilan bogʻliq 188 ta zararlangan skriptni aniqladi. Shu bilan birga, zarar koʻrgan foydalanuvchilarning aniq soni va maʼlumotlar sizib chiqishining ehtimoliy hajmi hozircha aniqlanmagan.

Optimizely zaiflikni bartaraf etgani, zararli kodni oʻchirgani hamda faol sessiyalar va kirish tokenlarini bekor qilganini maʼlum qildi. Hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media