OpenAI mutaxassislar uchun GPT-6.2 Astra va kundalik vazifalar uchun GPT-6.2 Solʼni taqdim etdi
Har ikkala model ham ChatGPTʼda va API orqali foydalanish mumkin

GPT-6.2 Astra tariflari 1 mln kiruvchi token uchun $8, 1 mln keshlangan kiruvchi token uchun $0,40 va 1 mln chiquvchi token uchun $40 ni tashkil etadi. GPT-6.2 Sol uchun esa avvalgi versiyadagi tariflar saqlanib qoldi — mos ravishda $2, $0,10 va $10.
OpenAI maʼlumotlariga koʻra, Astra hujjatlar tayyorlash, maʼlumotlarni tahlil qilish, ilmiy tadqiqotlar, dasturlash va 3D-modellashtirishdagi natijalarni yaxshiladi. Agents’ Last Exam testida u GPT-6 Astraʼdan 5,2 foizga oʻzib ketdi, vazifalarni bajarishga esa mablagʻning uchdan biridan kamrogʻini sarfladi. Sol FrontierCode 2.0 testida Astraʼdan 0,5 foizdan kam farq bilan ortda qoldi, biroq undan foydalanish taxminan besh baravar arzon tushdi.
Har ikkala modeldan ham ChatGPT Plus, Pro, Enterprise va Edu foydalanuvchilari ChatGPT Work va Codex orqali, dasturchilar esa API orqali foydalanishi mumkin. OpenAI potensial xavfli soʻrovlar uchun cheklovlarni ham kuchaytirdi: har ikkala model ham kiberxavfsizlik boʻyicha «tanqidiy», biologiya va kimyo boʻyicha esa «yuqori» darajaga ega boʻldi. Astra kompaniyaning ommaviy modellari orasida AI Self-improvement mezoni boʻyicha «yuqori» darajaga erishgan birinchi model boʻldi.




