Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va Yaponiya yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yaponiyalik hamkorlar bilan infratuzilma, tibbiyot va taʼlim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

12-oktabr, 19:27
Пресс-служба Министерства инвестиций, промышленности и торговли.

10-oktabr kuni Toshkentda vazirlik rahbari Laziz Qudratov va Yoshitsugu Minagava boshchiligidagi Yaponiyaning «Ipak yoʻli» jamgʻarmasi vakillari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda yaponiyalik investorlarni sogʻliqni saqlash, sanoat va turizm sohalaridagi loyihalarga jalb etish masalasi muhokama qilindi. Universitet klinikasini tashkil etish hamda Yaponiya biznesining Samarqanddagi maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirishdagi ishtirokiga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar 2024-yil iyul oyida imzolangan memorandum doirasidagi ishlarni davom ettirish va toʻgʻridan-toʻgʻri ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishga kelishib oldi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media