Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Apple Siliconʼning otasi Joni Srudji NVIDIAning yangi CEOʻsi boʻlishi mumkin

Apple kompaniyasining texnik masalalar boʻyicha direktori Joni Srudji NVIDIA vaqtinchalik CEOsi lavozimiga nomzodlar qatorida tilga olindi, deb yozadi Semafor. Qaror hali qabul qilingani yoʻq.

13-noyabr, 00:50
wylsa.com

Srudji Apple jamoasiga 2008-yildayoq qoʻshilgan va kompaniyaning iPhone 4 hamda iPad uchun ishlab chiqqan ilk xususiy chipdagi tizimi — Apple A4’ni yaratishda ishtirok etgan. Hozirda Appleʼning barcha muhandislari, jumladan Apple Silicon va ilgʻor texnologiyalar jamoalari unga boʻysunadi.

U bunday lavozimga rozi boʻladimi yoki yoʻqmi, hozircha nomaʼlum: Srudji, avvalo, chiplar va mikrosxemalarga ixtisoslashgan muhandis, inqirozli vaziyatlarni boshqarishga ixtisoslashgan menejer emas. Biroq bu oʻtish unga katta miqdorda mukofot puli olib kelishi mumkin.

2025-yilda Srudji Appleʼdan ketishga uringan, biroq Tim Kuk uning kompaniyada qolishini taʼminlab, maoshini sezilarli darajada oshirgan. Jon Ternus CEO etib tayinlanganidan soʻng, Srudji ham lavozimida koʻtarildi — vitse-prezidentlikdan direktorlikkacha.

NVIDIA direktorlar kengashiga unga Apple bilan tuzilgan amaldagi shartnomadan ustun keladigan shartlarni taklif qilish oson boʻlmaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media