Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Oʻzbekistonda pedagoglarning 62,3 foizi kasbiy sertifikatsiyadan oʻta olmadi

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi 2024–2026-yillardagi test sinovlarining olti bosqichi yakunlarini eʼlon qildi: pedagoglarning 62,3 foizi sertifikatsiyadan oʻta olmadi.

20-noyabr, 23:06

Sinovlarda 47 936 nafar oʻqituvchi qatnashdi — bu mamlakatdagi pedagog xodimlar umumiy sonining 6,9 foizini tashkil etadi. Tahlil 14 hudud, 46 oʻquv fani va mutaxassislikni qamrab oldi.

Sertifikat olgan pedagoglarning 12 693 nafari 56 dan 70 ballgacha toʻpladi. Yana 4 778 nafar ishtirokchi 72 dan 85 ballgacha natija koʻrsatdi. Eng yuqori natija — 86 va undan yuqori ball — 608 nafar pedagogda qayd etildi. Ular sertifikat egalari umumiy sonining 3,4 foizini tashkil qiladi.

Agentlik natijalarni ishtirokchilarning taʼlim darajasi bilan ham taqqosladi. Attestatsiyadan eng muvaffaqiyatli oʻtganlar klassik davlat universitetlari bitiruvchilari boʻldi — 39,9 foiz. Keyingi oʻrinlarda ixtisoslashtirilgan va boshqa oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari — 37,6 foiz, shuningdek, pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari — 37,2 foiz. Oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislar orasida talabgorlarning 24,7 foizi ijobiy natija koʻrsatgan, xorijiy taʼlim muassasalari bitiruvchilari orasida esa bu koʻrsatkich 23,3 foizni tashkil etgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media