AQShdagi atigi 400 ta maʼlumotlar markazi Michigan shtatidan koʻproq elektr energiyasi isteʼmol qiladi
Garvard universiteti tadqiqotchilari shunday xulosaga kelgan, deb yozadi Wired. Tadqiqot natijalari Nature Sustainability ilmiy jurnalida eʼlon qilindi.
Olimlar obyektlarning 2024-yil mayidan 2025-yil apreligacha boʻlgan davrdagi energiya isteʼmolini baholadi. Ularning hisob-kitoblariga koʻra, bu koʻrsatkich qariyb 82 TVt·soatni tashkil etgan, yuklamaga qarab esa 99 TVt·soatga yetishi mumkin edi.
Zarur elektr energiyasining taxminan 54 foizi qazilma yoqilgʻilarga, asosan tabiiy gaz va koʻmirga toʻgʻri kelgan. Karbonat angidrid chiqindilari 25,7 mln tonna deb baholangan — bu 2018-yil maʼlumotlariga asoslangan avvalgi hisob-kitoblardan 2–3 baravar koʻp.
Shu bilan birga, tadqiqotda kompaniyalar maʼlumotlar markazlariga bevosita yaqin joylashtiradigan elektr stansiyalari hisobga olinmagan. Mualliflar, shuningdek, hisob-kitoblar bunday obyektlarni energiya bilan taʼminlashning barcha manbalarini qamrab olmaganini taʼkidlaydi.
Asosiy oʻzgarishlar:




