Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Toshkentda talabalar xavfsizlikni taʼminlash maqsadida yotoqxonadan chiqarildi

Oliy taʼlim vazirligi matbuot xizmati maʼlum qilishicha, masʼullar talabalarni vaqtincha boshqa yotoqxonalarga joylashtirdi.

7-oktabr, 18:41
Republish · SI

Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) va boshqa oliy oʻquv yurtlari talabalari hali foydalanishga topshirilmagan yotoqxonadan chiqarildi. Bino davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan boʻlsa-da, uning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmagan va odam yashashi uchun ruxsatnomalar olinmagan.

Talabalar yotoqxonaga belgilangan tartibga amal qilinmasdan, universitet hamda vazirlik bilan kelishilmagan holda joylashtirilgan. Tekshiruvdan soʻng talabalar boʻsh yotoqxonalarga koʻchirildi. Turarjoy uchun toʻlangan pullarni tadbirkor talabalarga toʻliq qaytarib berdi.

Hozirda yotoqxonada isitish va issiq suv taʼminoti tizimlari ishlamayapti. Qurilish ishlari oʻz vaqtida yakunlanmagani sababli binoning rasmiy ochilishi qoldirildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media