Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Germaniya instituti Navoiy viloyatidagi zavodlarga xorijiy bozorlarga chiqishda yordam beradi

Fraunhofer IPK mahalliy korxonalarni baholaydi, avtomobil komponentlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va Yevropalik buyurtmachilarni topishga koʻmaklashadi.

20-noyabr, 17:32

Oʻzbekiston Germaniyaning Fraunhofer IPK instituti bilan hamkorlik qilishga kelishib oldi. Tomonlar Navoiy viloyatida mashinasozlikni rivojlantirish va eksportni kengaytirish boʻyicha memorandum imzoladi.

Mutaxassislar kamida beshta mahalliy zavodning ishlab chiqarish imkoniyatlarini baholaydi va ularga Yevropalik buyurtmachilar talablariga tayyorgarlik koʻrishda yordam beradi. Shuningdek, hozir import qilinayotgan avtomobil butlovchi qismlari va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

Tomonlar Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilari bilan aloqalar oʻrnatishga koʻmaklashish, xorijiy xaridorlarni izlash va investitsiyalarni jalb etishni rejalashtirmoqda. Tashabbuslar qatoridan mintaqani sanoat jihatidan rivojlantirish boʻyicha besh yillik strategiya hamda yirik buyurtmachilar ehtiyojlarini mahalliy korxonalar imkoniyatlari bilan bogʻlaydigan raqamli platforma ham oʻrin olgan.

Loyiha ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, zavodlarning raqobatbardoshligini oshirish va eksportni koʻpaytirishga yordam berishi kutilmoqda. Loyiha, shuningdek, nemis ekspertlari bilan tajriba almashishni ham nazarda tutadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media