Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Qush grippi aniqlangach, AQShning eng yirik tuxum ishlab chiqaruvchisi 1,8 mln qushni yoʻq qiladi

Cal-Maine Foods Florida shtatidagi korxonasida qush grippi aniqlangach, 1,8 mln qushni yoʻq qilishini bildirdi. U yerda ishlab chiqarish vaqtincha toʻxtatiladi.

19-noyabr, 22:25
aljazeera.com

Kompaniya yoʻq qilinadigan qushlar umumiy poda sonining 2,7 foizini tashkil etishini maʼlum qildi. Cal-Maine Foods uzilishlarni kamaytirish uchun boshqa ishlab chiqarish va tarqatish maydonchalari ishini muvofiqlashtirmoqchi.

CDC maʼlumotiga koʻra, odamlar salomatligi uchun xavf pastligicha qolmoqda: 2024-yil fevralidan beri AQShda virus yuqtirishning 74 ta holati aniqlangan, virusning odamdan odamga yuqishi boʻyicha esa tasdiqlar yoʻq.

Qush grippi amerikalik parranda va tuxum ishlab chiqaruvchilariga muammo tugʻdirishda davom etmoqda. Bu yil virus 21,5 mln qushga taʼsir koʻrsatdi. AQShda oʻn dona tuxumning oʻrtacha chakana narxi hozir $2,32 ni tashkil etadi, deya xabar berdi Mehnat statistikasi byurosi. Florida shtatida ishlab chiqarish toʻxtatilganiga qaramay, Cal-Maine Foods aksiyalari dastlabki savdolarda 5,3 foizga koʻtarildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media