Nega sunʼiy intellekt xodimlarni ortiqcha ishlashdan xalos etmaydi
Kompaniyalar ish vazifalarini avtomatlashtirish uchun sunʼiy intellektni tobora faolroq joriy etmoqda, biroq kutilayotgan vaqt tejalishi amaldagi tejalishdan koʻpincha ancha kam boʻlib chiqadi.

Amerikaning Gartner tadqiqot va konsalting kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, sunʼiy intellekt haftasiga oʻrtacha 5,4 soat vaqtni boʻshatish imkonini beradi, biroq shundan atigi 1,7 soat haqiqatan foydali ishga sarflanadi, deb yozadi Forbes.
Kompaniyalar ish vazifalarini avtomatlashtirish uchun sunʼiy intellektni tobora faolroq joriy etmoqda, biroq kutilayotgan vaqt tejalishi amaldagi tejalishdan koʻpincha ancha kam boʻlib chiqadi. Gartner maʼlumotlariga koʻra, sunʼiy intellekt haftasiga oʻrtacha 5,4 soat vaqtni boʻshatish imkonini beradi, biroq shundan atigi 1,7 soat haqiqatan foydali ishga sarflanadi, deb yozadi Forbes.
Qolgan vaqt xodimlar tomonidan neyron tarmoqlar xatolarini tuzatish, yangi vositalarni oʻzlashtirish va qoʻshimcha vazifalarni bajarishga sarflanadi. Natijada avtomatlashtirish koʻpincha ish yuklamasini kamaytirmaydi, balki uni qayta taqsimlaydi.
Maqolada keltirilgan Gartner tadqiqotiga koʻra, sunʼiy intellektni mijozlarni qoʻllab-quvvatlashga joriy etgan kompaniyalarning 55 foizi xodimlar sonini avvalgi darajada saqlab, xizmat koʻrsatish hajmini oshirgan. Tashkilotlarning atigi 20 foizi xodimlar sonini qisqartirgan.
Shu bilan birga, muvaffaqiyatli misollar ham bor. Amerikaning Roli shahrida sunʼiy intellekt agentlaridan foydalanish IT koʻmagiga sarflanadigan xarajatlarni 66 foizga kamaytirish imkonini berdi. IKEA esa murojaatlarning bir qismini avtomatlashtirgach, 8500 nafar kol-markaz operatorini interyer dizayni sohasida mijozlar bilan ishlash uchun qayta oʻqitdi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, sunʼiy intellekt samaradorligi texnologiyaning oʻziga emas, balki mehnatni tashkil etishga koʻproq bogʻliq. Ish jarayonlari qayta koʻrib chiqilmasa, tejalgan soatlar tekshiruvlar va qoʻshimcha majburiyatlarga sarflanib ketadi.
Haqiqiy manfaatga erishish uchun kompaniyalar yashirin xarajatlarni hisobga olishi, xodimlarni oʻqitishi va qaysi vazifalar inson zimmasida qolishini belgilashi kerak.




