Fon der Lyayenning Rossiya bilan muzokaralarga tayyorligi YI ichida boʻlinish keltirib chiqardi — Bloomberg
Manbalar Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Ukraina boʻyicha muzokaralar fonida Yevropa xavfsizligini Rossiya bilan muhokama qilishga tayyorgarlik koʻrish mumkinligini bildirganini maʼlum qildi. Bu tashabbus YI ichida kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi.

Manbalar maʼlumotiga koʻra, Dublin sammitida Yevropaning bir qator yetakchilari bu gʻoyani ochiqchasiga ham, yopiq muhokamalarda ham tanqid qilgan. Fon der Lyayen va uni qoʻllab-quvvatlayotgan davlat rahbarlari AQSh va Rossiyaning muzokaralardagi ishtirokini saqlab qolish hamda Yevropa Ittifoqisiz qarorlar qabul qilinishiga yoʻl qoʻymaslik uchun muloqot zarur, deb hisoblaydi.
Avvalroq Yevrokomissiya rahbari Yevropa xavfsizlik kengashini tuzishni taklif qilgan, biroq koʻplab davlatlar bu tashabbusni iliq kutib olmagan. Sharqiy Yevropa va Boltiqboʻyi davlatlari Moskva talablarini muhokama qilishni diplomatik «tuzoq» deb hisoblaydi. Estoniya bosh vaziri Kristen Mixal Rossiya xavfsizlik qoidalarini oʻzgartirish va NATO kengayishini cheklash mavzularidan ittifoqchilar birdamligini zaiflashtirish uchun foydalanayotganini aytdi.




