Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Madaniyat

GTA 6’da Mayamidagi koʻcha videosi takrorlandi — rolikni haqiqiy deb oʻylashdi

Rockstar Mayami koʻchasidagi videoni oʻyinda deyarli kadrma-kadr qayta yaratdi va tomoshabinlar dastlab oʻyindagi kadrlarni haqiqiy tasvir deb oʻylashdi.

13-noyabr, 19:11

Mayamidagi mahalliy akkaunt original videoni eʼlon qilganidan soʻng, Rockstar uning oʻyindagi versiyasini Storiesʼga joyladi. Bungacha foydalanuvchilar kadrlar haqiqiy tasvirmi, reklama uchun uyushtirilganmi yoki sunʼiy intellekt ishlovining natijasimi, deb bahslashishgan.

Oʻyindagi rolik telefonda yozib olingan videodek koʻrinadi. Ayrim kadrlarda Lusiya va Jeyson sahnani turli rakurslardan tasvirga olayotgani koʻrinadi — aftidan, bu oʻyindagi ijtimoiy tarmoqqa ishora. Videoda yoʻlovchilarning yurish animatsiyalari turlicha ekani va kamera titrayotgani ham seziladi.

Material PS5’da yozib olingan. Uning sifati 4K darajasiga yetmaydi, shu sabab oʻyindagi kadrlarni haqiqiy tasvir bilan adashtirish osonroq boʻlgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media