Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Shavkat Mirziyoyev «Lukoyl» asoschisi bilan kompaniyaning Oʻzbekistondagi loyihalarini muhokama qildi

Toshkentda oʻtgan uchrashuvda tomonlar geologiya-qidiruv ishlarining borishi hamda neft mahsulotlari chakana savdosi tarmogʻini rivojlantirish masalalarini koʻrib chiqdi.

7-oktabr, 16:00
Krzysztof Hepner / Unsplash

6-oktabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev «Lukoyl» kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperovni qabul qildi. Uchrashuv «Lukoyl»ning Oʻzbekiston energetika sektoridagi ayni paytdagi faoliyati va hamkorlik istiqbollariga bagʻishlandi.

Alekperov kompaniyaning mamlakatdagi loyihalari amalga oshirilishi, jumladan, geologiya-qidiruv ishlari va istiqbolli uglevodorod konlarini oʻzlashtirish jarayoni haqida axborot berdi. Shuningdek, neft mahsulotlari chakana savdosi tarmogʻini kengaytirish masalasi va kompaniyaning respublikadagi kelgusi rejalari ham muhokama qilindi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media