Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Jamiyat

AQShda erkak soya donlari ichida sal qolsa choʻkib ketay dedi

Tennessi shtatining Lourens okrugida taxminan 60 yoshli erkak don omboridagi tiqilishni bartaraf etishga urinayotib, soya donlari ichida boʻynigacha botib qoldi. Qutqaruvchilar uni jiddiy jarohatlarsiz chiqarib olishdi.

17-noyabr, 17:14

Hodisa 13-noyabr, juma kuni yuz berdi. Qutqaruvchilar yetib kelguncha jabrlanuvchining hamkasbi erkak hushini yoʻqotib qoʻymasligi va vahimaga berilmasligi uchun u bilan gaplashib turdi.

Qutqaruvchilar ombor ichidagi havoni tekshirib, erkakni arqon tizimi bilan mahkamlashdi va uning atrofida maxsus quvur oʻrnatishdi. Shundan soʻng ular shneklar yordamida soya donlarining bir qismini chiqarib, jabrlanuvchiga tushayotgan bosimni kamaytirishdi. Erkak hech qanday asoratsiz chiqarib olindi, tibbiyot xodimlari unda jiddiy jarohatlar borligini aniqlashmadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media