Shomurodov Batrakov haqida: «Menimcha, “Real”da uni allaqachon kuzatishmoqda»
“Istanbul” va Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov “Galatasaroy” yarim himoyachisi Aleksey Batrakovga yuqori baho berdi.

Bir kun avval Oʻzbekiston oʻrtoqlik uchrashuvida Rossiyaga 2:3 hisobida yutqazdi. Batrakov bu oʻyinda gol urmagan va golli uzatma bermagan.
«Turkiyada Batrakov haqida juda koʻp gapirishmoqda, u chempionatning asosiy yulduzlaridan biri. Uning faoliyati bundan keyin qanday kechishi faqat oʻziga bogʻliq. Agar hozirgi darajasini saqlab qolsa, koʻp narsaga erishadi», — dedi Shomurodov.
Hujumchiga hozir “Real”ni Shomurodov ilgari birga ishlagan Joze Mourinyo boshqarayotgani eslatildi va undan Batrakovni madridliklarga tavsiya qiladimi, deb soʻrashdi. «Menimcha, “Real”da uni allaqachon kuzatishmoqda», — deb javob berdi oʻzbekistonlik hujumchi.




