Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Madaniyat

Oʻzbekistonda Amerikaning ikki mashhur teleshoʻsi suratga olinishi rejalashtirilmoqda

Oʻzbekiston 2027-yilda Amerikaning The Amazing Race va Expedition Unknown teledasturlari uchun suratga olish maydoniga aylanishi mumkin.

16-noyabr, 21:45

Dastlabki kelishuvlarga Los-Anjelesda oʻtkazilgan American Film Market kinobozorida erishildi, deb xabar berdi Turizm qoʻmitasi.

The Amazing Race — CBS telekanalining mashhur realiti-shousi boʻlib, unda ishtirokchilar turli mamlakatlar boʻylab sayohat qiladi, topshiriqlarni bajaradi va oʻzaro bellashadi. Dastur efirga chiqa boshlaganidan buyon 15 ta «Emmi» mukofotini qoʻlga kiritgan.

Discovery telekanalining ikkinchi loyihasi — Expedition Unknown — sayohatlar, qadimgi sivilizatsiyalar va tarixiy jumboqlarga bagʻishlangan. Uning boshlovchisi Josh Geyts butun dunyodagi arxeologik yodgorliklar va kam tanilgan joylarni tadqiq qiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Oʻzbekiston hukumati suratga olish ishlari xorijiy tomoshabinlarni mamlakatning tarixiy shaharlari va diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirishga, shuningdek, yangi sayyohlarni jalb qilishga yordam beradi, deb umid qilmoqda.

Suratga olishning aniq sanalari va joylari hozircha eʼlon qilinmagan. Kelishuvlar dastlabki bosqichda qolmoqda.