Eron Fransiyaning supermarketlar sovutkichlariga kiberhujumlar haqidagi ayblovlarini rad etdi
Sovutkich uskunalariga hujumlar 11-oktabrdan 12-oktabrga oʻtar kechasi sodir boʻldi. Yuzlab supermarketlar tez buziladigan mahsulotlarni tashlab yuborishga majbur boʻldi.

Jabrlanganlar orasida Carrefour, Monoprix, Intermarché va Coopérative U doʻkonlari ham bor edi. Noyabr boshida Yevropaning yana kamida oʻnta davlatida shunga oʻxshash holatlar haqida xabar berildi.
Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro Parij Eron elchisini chaqirganini va Yevropa Ittifoqi darajasida sanksiyalar joriy etilishiga erishishga intilayotganini aytdi. Fransiya yangi hujumlarning oldini olish uchun zarur deb topadigan qoʻshimcha choralarni ham istisno qilmayapti.
Tehron ayblovlarni biryoqlama va asossiz deb atadi. Eron, shuningdek, milliy manfaatlar va xavfsizlikni himoya qilish uchun choralar koʻrishga tayyorligini bildirdi. Tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi esa voqea uchun javobgarlikni alohida ravishda Fransiya hukumatiga yukladi.




