Milliy statistika qoʻmitasi Oʻzbekistonda nechta dehqon xoʻjaligi borligini hisoblab chiqdi
Andijon viloyati yetakchi boʻldi, roʻyxatni poytaxt yakunlaydi
12-noyabr, 16:01

Republish · Shutterstock
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil 1-oktabr holatiga Oʻzbekistonda 330 830 ta dehqon xoʻjaligi mavjud edi.
Andijon viloyati 50 775 ta xoʻjalik bilan yetakchi boʻldi. Keyingi oʻrinlarda Xorazm (44 658), Samarqand (33 343), Fargʻona (31 748), Qashqadaryo (29 622), Namangan (24 889), Surxondaryo (24 092) va Toshkent (19 274) viloyatlari turadi.
Eng kam xoʻjalik Buxoro (18 531), Jizzax (16 281), Sirdaryo (13 910) va Navoiy (10 692) viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida (12 885) faoliyat yuritadi. Toshkent shahrida bor-yoʻgʻi 130 ta fermer xoʻjaligi roʻyxatdan oʻtgan.




