Sunʼiy intellekt bumı mikrosxemalarni qadoqlashga investitsiyalarni oshirdi
Sunʼiy intellekt uchun protsessorlarga talabning ortishi mikrosxemalarni ilgʻor qadoqlashni yarimoʻtkazgichlar sanoatining asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylantirdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Bu texnologiya hisoblash komponentlari va xotirani bitta korpusga birlashtirib, maʼlumotlar almashinuvini tezlashtirish imkonini beradi.
Yole Group prognoziga koʻra, 2026 yilda ilgʻor qadoqlashdan olinadigan tushum ilk bor anʼanaviy qadoqlashdan keladigan daromaddan oshadi, unga yoʻnaltiriladigan kapital xarajatlar esa qariyb 28 milliard dollarga yetadi. Yetakchilikni Tayvanning TSMC kompaniyasi saqlab qolmoqda, biroq uning ishlab chiqarish quvvatlari ortib borayotgan talabni qondirish uchun yetarli emas.
Reuters manbasiga koʻra, Nvidia ASE Technology boʻlinmasida ishlab chiqarishni kengaytirishni moliyalashtirmoqda. Tayvanning Powertech kompaniyasi Broadcom bilan birgalikda Singapurdagi korxonaga 400 million dollar investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. Mahsulot ishlab chiqarishni 2028 yilda boshlash mumkin.




