Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 066,22EUR 13 444,18RUB 149,74Juma, 30-oktabr 2026-yil
Oʻzbekiston

Shavkat Mirziyoyev TDT mamlakatlari oʻrtasida ID-kartalar orqali safar qilishga ruxsat berishni taklif qildi

30-oktabr kuni Anqarada boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) 13-sammitida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashkilot mamlakatlari fuqarolarining oʻzaro safarlarini soddalashtirish boʻyicha koʻp tomonlama bitim ishlab chiqishni taklif qildi.

30-oktabr, 16:11
president.uz · Официальный веб-сайт Президента Республики Узбекистан

Hujjat chegaralarni kesib oʻtishda ID-kartalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni nazarda tutishi kerak.

Bundan tashqari, Mirziyoyev tashkilot davlatlarining turizm salohiyatini rivojlantirish uchun «Turkiy turizm alyansi»ni tuzishni taklif qildi.

Hozir Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fuqarolari chegarani ID-kartalar orqali kesib oʻtishi va qoʻshni mamlakatda 60 kungacha boʻlishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing