Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Toshkent metrosida poyezdlarni qish mavsumiga tayyorlash boshlandi

Sovuq kunlarda yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida mutaxassislar tarkiblarning texnik holatini tekshirmoqda, deya xabar beriladi Toshkent metropolitenining Telegram-kanalida.

5-oktabr, 18:50
Republish · SI

Mutaxassislar poyezdlarni rejali texnik koʻrikdan oʻtkazishga allaqachon kirishgan. Tekshiruvlar jarayonida harakat xavfsizligiga taʼsir koʻrsatuvchi mexanizmlar, uskunalar va asosiy uzellarning holati baholanmoqda.

Ayrim qismlar tarkiblardan yechib olinib, standartlarga muvofiqligi laboratoriyada sinovdan oʻtkazilmoqda. Vagonlar tozaligiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda: sanitariya talablariga rioya etish uchun derazalar, eshiklar va salonlar yuvilmoqda. Mazkur ishlar nosozliklarning oldini olish hamda qishki davrda transportning ishonchliligini oshirishga qaratilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media