Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Toshkentda Gulf brendi ostida avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Poytaxt hokimligi delegatsiyaning Sietlga tashrifi chogʻida AQSh kompaniyasi bilan memorandum imzoladi.

20-noyabr, 20:10

Toshkentda Gulf brendi ostida avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻini ochish rejalashtirilmoqda. Tegishli hamkorlik memorandumi poytaxt hokimligi va Gulf Petrocas Energy Group tomonidan imzolandi.

Hujjat 18–19 noyabr kunlari Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining AQShning Sietl shahriga ishchi tashrifi chogʻida imzolandi. Tomonlar investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari va Amerika biznesining Toshkent rivojiga qoʻshilishi masalalarini muhokama qildi.

Tashrif doirasida delegatsiya Amazon Web Services kompaniyasi bilan axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlik boʻyicha ham muzokaralar oʻtkazdi. Bundan tashqari, 2027 yilda Toshkentda Butunjahon raqamli konferensiyasini oʻtkazish imkoniyati muhokama qilindi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media