NASA yulduzlar tugʻilishini musiqaga aylantirdi
NASA 17-noyabrda yulduzlar tugʻilishiga bagʻishlangan yangi kosmik kompozitsiyalarni chiqardi. Bular «koinot tovushlarining yozuvlari» emas.

Albomga «Chandra» rentgen observatoriyasi hamda «James Webb» va «Hubble» teleskoplari kuzatuvlari asos boʻldi. Sonifikatsiya texnologiyasi yordamida astronomik maʼlumotlar musiqaga aylantirildi: obyektlarning yorqinligi, nurlanishi va yulduzlarning joylashuvi oʻziga xos tovush tuslariga ega boʻldi.
Loyihadan M82 galaktikasi, Orion tumanligi, Kila tumanligi va Iloneltuvchi yulduz turkumidagi Ro bulutiga bagʻishlangan kompozitsiyalar oʻrin oldi — bular yangi yulduzlar shakllanayotgan hududlardir.
NASA taʼkidlashicha, bular koinotning haqiqiy tovushlari emas, balki ilmiy maʼlumotlarning musiqiy talqinidir. Loyiha yulduzlar shakllanishi jarayonlariga yangicha qarashga yordam beradi va murakkab astronomik tadqiqotlarni keng auditoriya uchun yanada tushunarli qiladi.




