Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Whoop har bir foydalanuvchining yurak urishi tasdiqlangan ijtimoiy tarmoqni ishga tushirdi

Whoop foydalanuvchilari Humansʼda taqiladigan qurilma koʻrsatkichlari, suratlar va yutuqlarini ulashib, boshqalarning postlariga izoh qoldira oladi.

13-noyabr, 22:09

Yangi platforma Whoop ilovasining Community boʻlimida paydo boʻldi. Foydalanuvchilar Instagramʼdagi Storiesʼga oʻxshash, surat va izohlardan iborat «Momentlar»ni joylashi mumkin. Ularga yugurish marshruti, surʼat va masofa haqidagi maʼlumotlar, shuningdek, reaksiyalar va izohlarni qoʻshish mumkin.

Humansʼda ishtirokchilar nimani ulashishni oʻzlari tanlaydi: tiklanish, yuklama, uyqu, yurak urishi variabelligi va tinch holatdagi puls koʻrsatkichlarini. Sezgir faoliyatlar sukut boʻyicha eʼlon qilinmaydi. Ayrim yozuvlar uchun maxfiy rejim mavjud, Stealth Mode esa umumiy sozlamalarni oʻzgartirmagan holda sogʻliq maʼlumotlari va natijalarini vaqtincha yashirish imkonini beradi.

Whoop bosh direktori Uill Ahmad Humansʼni «hozirgacha ishga tushirilganlar ichida eng koʻp tekshiriladigan tarmoq» deb atadi. Kompaniya bayonotiga koʻra, har bir akkaunt yurak urishi qurilma orqali tasdiqlangan real inson bilan bogʻlangan. Whoop, shuningdek, Teams funksiyasi ishlashda davom etishini maʼlum qildi: unda foydalanuvchilar yuklama, tiklanish va uyqu koʻrsatkichlarini ulashishi hamda umumiy reytinglarda qatnashishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media