Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Olimlar soʻnggi yovvoyi okean anklavlaridan biridagi hayotni tasvirladi

Marshall orollaridagi Bikar va Bokak atollarini oʻrganish nisbatan daxlsiz ekotizimlarni aniqlab, ularni muhofaza qilishga asos boʻldi.

13-noyabr, 03:09

Bikar va Bokak 2025-yilda Marshall orollarining ilk milliy dengiz qoʻriqxonalariga aylandi. Olimlar 48 000 kvadrat kilometr hududning quruqlikdagi yashash joylaridan tortib chuqur suvlarigacha ekologik maʼlumotlar bazasini yaratmoqda.

Tadqiqotga 2023-yilda oʻtkazilgan kompleks kuzatuvlar asos boʻldi. Tadqiqotchilar riflar, ochiq okean, chuqur suv jamoalari, dengiz qushlari va toshbaqalarni oʻrganish uchun dayving, suvosti videolari, chuqur suv kameralaridan hamda suvosti kemasidan foydalandi.

Ikki atolda uya quradigan yoki uya qurishi taxmin qilinadigan dengiz qushlarining 15 turi va rif baliqlarining 260 dan ortiq turi aniqlandi. Ular orasida akulalar va boshqa yirik yirtqichlar ham bor edi. Chuqur suvdagi kuzatuvlar xilma-xil, ammo kam oʻrganilgan jamoalarni koʻrsatdi; ayrim qayd etilgan organizmlar fan uchun yangi boʻlib chiqishi mumkin. Bikarda yashil dengiz toshbaqalari uya quradigan joylar ham topildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Atollardagi ekotizimlar sezilarli darajada farq qiladi. Bokakda riflar marjonlar bilan kuchliroq bogʻlangan, baliqlar biomassasi esa Bikardagidan taxminan ikki baravar yuqori. Bikarda suv oʻtlari ayrim chuqur yonbagʻirlarning yarmidan koʻprogʻini qoplaydi. Tafovutlarning sabablari hozircha aniqlanmagan.

Dengiz ekologi Alan Fridlander Bikar va Bokakni boshqa joylardagi oʻzgarishlar oqibatlarini tushunish va tabiatni muhofaza qilishni rejalashtirishga yordam beradigan etalon ekotizimlar deb atadi. Uning soʻzlariga koʻra, atollar oʻnlab yillar davomida Utirika jamoasi tomonidan, jumladan, «mo» yoki «tabu» deb ataladigan, inson faoliyati cheklangan zonalar orqali muhofaza qilib kelingan.

Olimlar bunday olis riflar ham global isishdan himoyalanmaganini taʼkidlamoqda. Ularga marjonlarning oqarishi, okean suvining isishi, dengiz sathining koʻtarilishi va ochiq okean hosil qiladigan oziqa miqdoridagi oʻzgarishlar tahdid solmoqda.