Duran Duran barabanchisi Rojer Teylor 46 yillik chiqishlardan soʻng guruhni tark etdi
Musiqachi quloqlardagi doimiy shangʻillash yoki shovqin — kuchayib borayotgan tinnitus tufayli faoliyatini yakunlamoqda.

Britaniyaning Duran Duran guruhi barabanchisi Rojer Teylor 46 yil davomida sahnaga chiqqanidan soʻng jamoani tark etishini maʼlum qildi. 66 yoshli musiqachi sogʻligʻi yomonlashgani va kuchayib borayotgan tinnitus sabab barabanchi sifatidagi faoliyatini ham yakunlashga qaror qildi.
Teylor bu qarorni hayotidagi eng qiyin qarorlardan biri deb atadi va guruhdagi faoliyati unga ulkan quvonch bagʻishlaganini taʼkidladi. Musiqachining soʻzlariga koʻra, u Buyuk Britaniya va Yevropadagi muvaffaqiyatli gastrol, BST Hyde Park festivalidagi chiqish, Duran Duran guruhining Rok-n-roll shon-shuhrat zaliga kiritilishi hamda jamoaning Nayl Rodjers bilan birga studiyaga qaytishidan soʻng faxr tuygʻusi bilan ketmoqda.
Rojer Teylor guruhga 1979 yilda qoʻshilgan va uning Rio hamda Seven and the Ragged Tiger albomlari, jumladan, mashhur albomlari yozilishida qatnashgan. U 1985 yilda ketganidan soʻng 2001 yilda guruh tarkibiga qaytgan. Duran Duranʼning qolgan aʼzolari musiqachining qarorini qoʻllab-quvvatlab, uni ijrosi jamoa ovozini koʻp jihatdan belgilagan birodarlari deb atashdi.
Material eʼlon qilingan paytda guruh yangi barabanchining ismini maʼlum qilmagan.




