Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Sport

Chexiya TIV rahbari rossiyalik xokkeychi ayollarni «erkaklarga oʻxshash» deb atab, keyin uzr soʻradi

Petr Matsinka bu bayonotni 2027-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi ayollar jahon chempionatiga Rossiya terma jamoasini qoʻyish masalasi muhokama qilingan teleefirda bildirdi. Uning soʻzlarini Chexiya terma jamoasi murabbiyi Ivo Motsek va xokkeychi ayollarning oʻzi tanqid qildi.

10-noyabr, 18:44
Wikimedia Commons · Bundesministerium für europäische und internationale Angelegenheiten

U soʻzlari nooʻrin boʻlganini tan olib, Chexiya ayollar terma jamoasi menejeridan xokkeychi ayollarga uzrini yetkazishni soʻradi. Vazirning aytishicha, gap rossiyalik ayollar haqida ketgan boʻlsa-da, uning bayonoti butun Chexiya ayollar xokkeyiga zarba bergan.

Oktyabr oxirida CAS IIHFni rossiyaliklarni turnirlarga qoʻyishga majbur qildi, shundan soʻng bir qator davlatlar boykot eʼlon qildi. Chexiya hukumati rossiyalik oʻsmir qizlarni Ostravada yanvar oyida oʻtkaziladigan jahon chempionatiga kiritmaslik imkoniyatini muhokama qilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media