Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va Anadolu Group investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov hamda Anadolu Group faxriy raisi Tunjay Ozilhan kompaniyaning Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirish va yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi.

19-noyabr, 17:29

Uchrashuv 18 noyabr kuni boʻlib oʻtdi. Tomonlar sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, Oʻzbekistonning investitsiyaviy salohiyatidan foydalanish va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish masalalarini koʻrib chiqdi.

Shuningdek, tomonlar Anadolu Groupʼning Oʻzbekiston bozoridagi ishtirokini mustahkamlash masalasini muhokama qildi. Muzokaralar yakunida ular hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari, investitsiya tashabbuslarini tayyorlash va ularni amaliy jihatdan amalga oshirish boʻyicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media