Bulgari zargarlik imperiyasi merosxoʻrlaridan biri Paolo Bulgari vafot etdi
Italiyalik zargar va tadbirkor, Bulgari uyi asoschisining nabirasi Paolo Bulgari hayotining 90-yilida, 89 yoshida vafot etdi. Oʻlim sababi oshkor etilmagan.

Vidolashuv marosimi 23 noyabr kuni Rimdagi Santa Croce in Gerusalemme bazilikasida boʻlib oʻtadi.
Paolo Bulgari 1937 yil 8 oktabrda Rimda tugʻilgan. Uning bobosi Sotirio Bulgari 1884 yilda kompaniyaga asos solgan. Paolo akalari bilan birga oilaviy ishni davom ettirib, Bulgari kompaniyasining xalqaro zargarlik brendiga aylanishida ishtirok etgan.
Uning davrida kompaniya mahsulotlar turini kengaytirdi: zargarlik buyumlaridan tashqari, soatlar, aksessuarlar va atir-upa mahsulotlarini ham ishlab chiqara boshladi. Bayonotda uning yaqinlari Bulgarini isteʼdodli va insonparvar inson deb atab, uning Italiyaga boʻlgan muhabbatini ham taʼkidlagan.




