Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

Yevrokomissiya rossiyalik sayyohlarga viza berish tartibini kuchaytirishni taklif qildi

Tashabbus Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 22-paketi loyihasi bilan bir vaqtda taqdim etildi. Choralar qatoridan Rossiya hujjatlari va fuqarolarining shaxsi Yevropa Ittifoqi chegaralaridan oʻtishda qoʻshimcha tekshirilishi ham oʻrin olgan.

24-noyabr, 22:01

Yevrokomissiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 22-paketi loyihasini, shuningdek, rossiyaliklarga viza berish boʻyicha yangilangan tavsiyalarni taqdim etdi. Bu haqda TASS Yevrokomissiya bayonotiga tayanib xabar berdi.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga biometrik maʼlumotlarsiz Rossiya pasportlarini qabul qilmaslik tavsiya etildi. Rossiya fuqarolarini Shengen hududining tashqi chegaralarida tekshirish chogʻida yakka tartibdagi suhbatlar oʻtkazish va barmoq izlarini muntazam tekshirish taklif qilinmoqda.

Bundan tashqari, Yevrokomissiya Ukrainaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashgan amaldagi va sobiq rossiyalik harbiy xizmatchilarga viza berishni taqiqlashni taklif qildi. Bu taqiqni kuchga kiritish toʻgʻrisidagi qarorni Yevropa Ittifoqi Kengashi qabul qilishi kerak.

Sanksiyalar paketi loyihasidan, shuningdek, Rossiyaning 60 ta banki va 70 dan ortiq kemasiga qarshi cheklovlar hamda energetika sektoriga nisbatan choralar oʻrin olgan. Takliflar Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan kelishilishi kerak.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media