Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Uzmetkombinat Polsha kompaniyasi bilan energetika loyihalarini muhokama qildi

Uzmetkombinat Energo-PLUS bilan energetika va sanoatni avtomatlashtirish, jumladan infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda yangi texnologiyalarni joriy etish loyihalarini muhokama qildi.

23-noyabr, 19:50

Uchrashuvda Polsha kompaniyasi vakillari oʻzlarining texnologik yechimlari va loyihalarini taqdim etdi. Tomonlar elektr podstansiyalarini raqamlashtirish, gidroenergetikani rivojlantirish, suvni kimyoviy tozalash tizimlarini modernizatsiya qilish va korxona energetika infratuzilmasini avtomatlashtirishni muhokama qildi.

Shuningdek, tomonlar kombinatda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, kichik gidroelektr stansiyalarini qurish va koʻmir yoqilgʻisida ishlaydigan issiqlik elektr stansiyasini barpo etish masalalarini koʻrib chiqdi.

Muzokaralar yakunida ishtirokchilar energetika infratuzilmasini rivojlantirish, texnologiyalarni joriy etish va korxonaning energiya samaradorligini oshirish boʻyicha hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilab oldi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media