Tayson Fyurining rafiqasi eriga shizofreniya tashxisi qoʻyilgani haqida gapirdi
Bokschi Tayson Fyurining rafiqasi Parij Fyuri Netflix hujjatli filmida eri Tayson Fyuriga 2016-yilda shizofreniyaning yengil shakli tashxisi qoʻyilganini aytdi.
24-noyabr, 01:23

sports.ru
2016-yil iyun oyida Tayson Fyuri yurak xurujiga shubha bilan shifoxonaga yotqizildi. Parijning soʻzlariga koʻra, oʻshanda u illuminatlar fitnasi haqida gapirib, ular uni oʻldirmoqchi ekanini taʼkidlagan.
Fyurining oʻzi esa radio u bilan muloqot qilgani va agar u «oʻzini yaxshi tutmasa», otasini oʻldirish bilan tahdid qilganini aytgan.
11-dekabr kuni bokschi britaniyalik Entoni Joshua bilan jang qilishi kerak.




