Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

Lula da Silva Braziliya prezidenti saylovida gʻalaba qozondi

Saylovoldi kampaniyasi davomida siyosatchi infratuzilma, texnologiyalar va ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek, oʻta boylar uchun soliqlarni oshirishga vaʼda berdi.

26-oktabr, 10:37
Lula Oficial / Wikimedia Commons

Saylov byulletenlarining 99 foizidan koʻprogʻi sanab chiqilgach, nomzod Lula da Silva Braziliya prezidenti saylovida gʻalaba qozondi. U 51,75 foiz ovoz oldi, uning raqibi — oʻng qanot siyosatchi Flaviu Bolsonaro esa 48,25 foiz ovoz toʻpladi. Bolsonaro natijalarni tan olishdan bosh tortib, ularni bekor qilishga erishish uchun harakat qilishini aytdi.

Da Silva avval 2003-yildan 2011-yilgacha ikki muddat prezident lavozimida ishlagan, keyin esa 2022-yilda Jair Bolsonaroni magʻlub etib, qayta saylangan.

Siyosatchining boshqa saylovoldi vaʼdalari qatorida Braziliya suverenitetini himoya qilish, ijtimoiy, irqiy va gender tengsizlikka qarshi kurashish, shuningdek, kuch tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va jinoyatlarning oldini olish ham bor edi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media