Ferrer Alkaras Devis kubogi yarim finalida yakkalikda oʻynaydimi: «Bunday imkon bor»
Ferrer Alkarasning Buyuk Britaniyaga qarshi yarim finalda yakkalik bahsida oʻynash-oʻynamasini hali bilmaydi, ammo bunday imkoniyatni istisno qilmayapti.
27-noyabr, 21:30

sports.ru
Avstriyaga qarshi chorak finalda Alkaras juftlik bahsiga roʻyxatga kiritilgandi. Biroq ispaniyaliklar yakkalikdagi ikkala uchrashuvda ham gʻalaba qozongach, juftlik kortga chiqmadi.
Ferrer vaziyatni shanba kuni baholashini aytdi. Oʻtgan hafta yakuniy turnirda Alkaras tizzasiga bint taqib oʻynagan va sonining orqa qismida muammolarga duch kelgan.




