Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Markaziy bank 2027 yil uchun yetti bankni tizimiy jihatdan muhim deb atadi

1 oktabr holatiga koʻra, ular butun bank tizimi aktivlarining 60 foizini taʼminlagan

27-noyabr, 17:12
cbu.uz

Roʻyxatga «Agrobank», «Asakabank», «Ipoteka-bank», «Kapitalbank», Xalq banki, NBU va «Oʻzsanoatqurilishbank» kiritildi. Qarorni Bank nazorati qoʻmitasi qabul qildi.

Tanlovda aktivlar va majburiyatlar hajmi, bankning tizimdagi boshqa ishtirokchilar bilan oʻzaro bogʻliqligi, shuningdek, operatsiyalarning qamrovi va barqarorligi hisobga olinadi. Yetti bankning 2026 yil 1 oktabr holatiga koʻra bank tizimining jami aktivlaridagi ulushi 60 foizni tashkil etdi. Ikki yil avval bu koʻrsatkich 67 foizga yetgan edi.

Tizimiy jihatdan muhim kredit tashkilotlari uchun alohida nazorat tartibi belgilangan. Xususan, ular tavakkalchilik boʻyicha tortilgan aktivlarning 1 foizi miqdorida qoʻshimcha kapital buferini yaratishi kerak.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media