Brent oʻsishda davom etib, barreliga $95,03 atrofida savdo qilinmoqda
Brent boʻyicha yanvar fyucherslari 0,44 foizga oshib, Yaqin Sharqdagi keskinlik sabab yuzaga kelgan xavotirlar fonida barreliga $95,03 ga yetdi.

Kotirovkalarning koʻtarilishiga Yaqin Sharqdagi saqlanib qolayotgan keskinlikdan xavotirlar turtki berdi.
WTI boʻyicha yanvar fyucherslari esa, aksincha, barreliga $84,41 gacha arzonladi. Oʻsha kuni AQShda Shukronalik kuni munosabati bilan savdolar yopiq edi.
Bir kun avval hutiylar Saudiya Arabistonidagi «Ras-Tannura» neftni qayta ishlash zavodi va Ar-Riyodning biznes kvartaliga zarbalar berilganini maʼlum qildi. Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi ham Hormuz boʻgʻozida minalarga urilib, yongʻin chiqqan ikki tanker haqida xabar berdi. Idora maʼlumotiga koʻra, tankerlardan biri 2 mln barreldan ortiq neft tashigan.
PVM Oil Associates tahlilchisi Tamash Varga narxlarning oʻsishini taklifning ortiqchaligi kutilayotgani va dollarning mustahkamlanishi cheklayotganini taʼkidladi. Uning baholashicha, Brent uchun yangi diapazon barreliga $88–97 ni tashkil etadi. AQSh Energetika vazirligi bir hafta ichida neft zaxiralari 1,11 mln barrelga oshganini maʼlum qildi.




