Netflixda «Ahmoq kechasi» animesi «Kovboy Bebop» mualliflaridan chiqdi
26 noyabr kuni Netflixda «Ahmoq kechasi» animesining premyerasi boʻldi. Birinchi mavsumning barcha 12 epizodi allaqachon tomosha uchun mavjud.

Serial 2020-yildan beri nashr etilayotgan shu nomdagi manga asosida yaratilgan. Voqealar uzoq kelajakdagi Yerda kechadi: quyuq bulutlar sayyorani quyosh nuridan toʻsib qoʻygan.
Insoniyat omon qolishi uchun olimlar odamlarni oʻsimliklarga aylantirish protsedurasini ishlab chiqdilar. Bosh qahramon Toshiro Kamiya oilasining ogʻir ahvoli sabab bu metamorfozaga rozi boʻladi, biroq protseduradan oldin kutilmaganda boshqa oʻsimliklarning fikrlarini eshitish qobiliyatiga ega boʻladi.
Serialni «Kovboy Bebop» va «Kod Gias»ni chiqargan Sunrise studiyasi ishlab chiqarmoqda. Loyihada «Soxta sevgi» animesi bilan tanilgan SHAFT studiyasi animatorlari ham ishtirok etgan.




