Janubiy Koreya mudofaa vaziri Rossiya bilan keskinlikni kamaytirishga chaqirdi
Rossiya harbiy samolyotlari KADIZdan uchib oʻtgach, Kan Sin Chxol keskinlikni faolroq kamaytirish va bunday harakatlarni Moskva bilan oldindan muhokama qilish zarurligini aytdi.

Vazir Seul Rossiya bilan aloqa kanallarini allaqachon qoʻllab-quvvatlayotganini, biroq hamkorlikni kuchaytirish zarur deb hisoblashini aytdi. Janubiy Koreya Moskva samolyotlarining hududi yaqinidagi harbiy parvozlari haqida oldindan xabar berishini soʻradi.
24 noyabr kuni bir nechta Rossiya harbiy samolyoti Yaponiya dengizi uzra KADIZga qisqa muddatga kirib, Ullyndo oroliga yaqinlashgach, Janubiy Koreya qiruvchi samolyotlari havoga koʻtarildi. Seul mamlakat havo hududi buzilmaganini bildirdi.
Kan bunday yaqinlashuv kamdan-kam uchrashini aytdi va Janubiy Koreya hukumati buni qasddan qilingan deb hisoblamayotganini maʼlum qildi. KADIZ Janubiy Koreyaning suveren havo hududi emas; bu zona mamlakat chegaralariga yaqinlashayotgan havo kemalarini aniqlash uchun tashkil etilgan.




