Bolgariya Ukraina uchun 45 mlrd yevrolik YI kreditiga qoʻshilishga rozi boʻldi
Bolgariya Ukraina uchun moʻljallangan 45 mlrd yevrolik YI kredit dasturiga qoʻshiladi, deb tasdiqladi bosh vazir Rumen Radev. Mamlakat qurol-yarogʻ va oʻq-dorilarni moliyalashtirmaydi.

Radev avvalgi pozitsiyasini oʻzgartirib, Bolgariya dasturning harbiy qismida ishtirok etmasligi sharti bilan mamlakatning unda qatnashishiga rozi boʻldi. Avvalroq u davlat xarajatlarini qisqartirish zaruratini sabab qilib koʻrsatgan edi.
Kredit 2027 yilda Ukraina budjetidagi harbiy taqchillikning uchdan ikki qismini qoplashga moʻljallangan. Yevrokomissiya kreditni 25 mlrd yevrolik harbiy yordam va davlat xizmatlarini moliyalashtirish hamda ish haqlarini toʻlash uchun 20 mlrd yevrolik budjet koʻmagiga ajratdi.
Bolgariya dasturining ikkinchi qismida qatnashishga tayyor. Radev, shuningdek, koʻmak Ukrainada 300 ming bolgar istiqomat qiladigan hududlarga yoʻnaltirilishini soʻradi. Kreditga xizmat koʻrsatish YI mamlakatlaridan har yili 2–2,5 mlrd yevro miqdorida foiz toʻlovlarini talab qiladi.
Slovakiya, Vengriya va Chexiya hozircha tashabbusga qoʻshilish-qoʻshilmaslik haqida qaror qilmagan va yangi kreditga umuman qarshi chiqmoqda.




