Magʻlubiyatsiz UFC jangchisi Stirling Xokitga qarshi jang tashkil etishni soʻradi
93 kg gacha boʻlgan vazn toifasida UFCning magʻlubiyatsiz jangchisi Navajo Stirling yarim ogʻir vazndagi vaziyat tanqid qilinganidan soʻng UFC chempionligi uchun sobiq daʼvogar Josh Xokitga qarshi jang tashkil etishni soʻradi.
28-noyabr, 01:34

championat.com
Stirling Xokitning yarim ogʻir vazndagi vaziyat haqidagi bayonotidan soʻng promoushen rahbariyatiga murojaat qildi. U X ijtimoiy tarmogʻida: «Buni tashkil eting, UFC, Dana Uayt!» — deb yozdi.
28 yoshli yangi zelandiyalik MMAda 2019 yilda debyut qilgan. Uning professional rekordi 12 ta gʻalabani oʻz ichiga oladi, shulardan sakkiztasiga nokaut orqali erishgan, magʻlubiyatlari esa yoʻq.




