Pokistonda yoʻlovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi
Hodisa Panjob viloyatida, Karachidan Peshovarga boradigan yoʻnalishda yuz berdi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Muharrir: Азиза13-oktabr, 17:08

Tasvir sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan
Sher Shoh shahri yaqinida temiryoʻl halokati yuz berdi: yoʻlovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi. Hodisa oqibatida toʻrt kishi halok boʻldi, yana 30 kishi turli darajada jarohat oldi.
Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar 14 vagondagi yoʻlovchilarni evakuatsiya qildi. Jabrlanganlar zarur tibbiy yordam koʻrsatish uchun shifoxonaga yotqizildi.
Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy va hukumat rahbari Shahboz Sharif halok boʻlganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. Ular, shuningdek, jarohatlanganlarga har tomonlama yordam koʻrsatishni topshirdi.
Reklama
ReklamaReklama beruvchilar uchun
Birlamchi manba: Associated Press
Material quyidagi nashr asosida tayyorlandi: Daryo.uz

