RUUZЎЗEN
Soʻnggi yangiliklarBugun: Seshanba, 13-oktabr 2026-yil
MB kursi1 USD 11899.09 UZS1 EUR 13298.42 UZS1 RUB 141.53 UZS
Reklama
Reklama
Dunyo

Tramp noyabr oyida Kim Chen In bilan uchrashuvni istisno etmadi

AQSh prezidenti KXDR yetakchisi bilan ehtimoliy uchrashuvni «hayajonli» deb atab, ular bir-biri bilan yaxshi chiqishishini taʼkidladi.

Muharrir: Азиза13-oktabr, 13:32
commons.wikimedia.org — Daniel Torok — Public domain
Условия / Shartlar / TermsThis image is available from the United States Library of Congress's Prints and Photographs division under the digital ID ppbd.11614.This tag does not indicate the copyright status of the attached work. A normal copyright tag is still required. See Commons:Licensing. · Изменён размер и формат файла.

Donald Tramp jurnalistlarga noyabr oyida Kim Chen In bilan shaxsan uchrashish ehtimolini istisno qilmasligini aytdi. Uning taʼkidlashicha, bu «hayajonli» boʻlishi mumkin, shuningdek, ular oʻrtasida yaxshi munosabatlar borligini qoʻshimcha qildi.

Avvalroq Tramp 18–19 noyabr kunlari Shenchjenda boʻlib oʻtadigan APEC sammitiga, shuningdek, Maniladagi ASEAN forumiga borishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.

Tramp oʻzining birinchi prezidentlik muddati davomida Shimoliy Koreya yetakchisi bilan uch marta uchrashgan, biroq muzokaralar KXDRning yadroviy dasturi boʻyicha kelishuvga olib kelmagan.

Manba: Interfax

Yana oʻqing