Oʻzbekiston va Yaponiya logistika sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashni kengaytiradi
Oktyabr oyida Yaponiya kompaniyalari vakillari Yaponiyada ishlash uchun nomzodlarni saralash maqsadida Angrendagi akademiyaga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Muharrir: Азиза13-oktabr, 14:32
Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida oʻzbekistonlik fuqarolarni ishga joylashtirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan «Proud Partners» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tomonlar Angrendagi «Uzbekistan Proud Academy» faoliyatini kengaytirishni muhokama qildi. Akademiyada yapon tili hamda logistika sohasi uchun zarur kasbiy koʻnikmalar oʻrgatiladi. Oktyabr oyida Yaponiyaning yirik transport kompaniyalari vakillari Oʻzbekistonga kelib, oʻquv bazasini baholaydi va Yaponiyada ishlash uchun nomzodlarni saralaydi.
Reklama
ReklamaReklama beruvchilar uchun
Manba: dunyo.info
