Oʻzbekistonda 2,6 mln tonna paxta texnika yordamida terib olindi
12-oktabr holatiga koʻra, 3,4 mln tonnalik hosilning qariyb 75 foizini mashinalar terib oldi, qolgan qismi esa qoʻlda yigʻildi.
12-oktabrga kelib Oʻzbekistonda rejalashtirilgan 4,5 mln tonnaga nisbatan 3,4 mln tonna paxta terib olindi. Umumiy hosilning 2,6 mln tonnasi mexanizatsiyalashgan usulda, yana 848 ming tonnasi esa qoʻlda yigʻildi.
Terim kampaniyasida qariyb 3 mingta paxta terish mashinasi qatnashmoqda. Ularning mingdan ortigʻi fermerlar va agroklasterlarga lizing asosida taqdim etilgan yangi texnikalardir. Mashinalardan foydalanish hosilni yigʻib olishni tezlashtirmoqda. Jumladan, 12-oktabrning oʻzida ular yordamida 147 ming tonna paxta terildi — har bir mashinaga oʻrtacha 50 tonnadan.
Texnika kira olmaydigan maydonlarda paxta qoʻlda terilmoqda. Kichik dalalarda shu usulda 674 ming tonna, mexanizatsiyalashgan terim uchun tayyorlangan maydonlar chetlarida esa yana 174 ming tonna paxta yigʻildi.

