Regulyator hisoboti: Angliya futbol klublarining 94 foizi zarar koʻrib faoliyat yuritmoqda
Angliya futbolining mustaqil regulyatori klublardagi moliyaviy beqarorlikning kritik darajasini koʻrsatgan hisobotni eʼlon qildi. Bu holat mavsum davomida £9 mlrd daromad olinganiga qaramay yuzaga kelgan, deb yozadi Sky Sports.

Условия / Shartlar / Terms
Photo by Davide Buttani on Unsplash · Размер и формат изменены для сайта; метаданные файла удалены · Прессматериал правообладателяFutbolning mustaqil regulyatori (IFR) Angliya klublarining soʻnggi 18 oydagi moliyaviy holati tahlil qilingan «Oʻyinning holati» nomli hisobot loyihasini taqdim etdi. Maʼlum boʻlishicha, beshta yuqori diviziondagi klublarning 94 foizi oʻtgan mavsumni zarar bilan yakunlagan, soha boʻyicha jami daromad esa £9 mlrdni tashkil qilgan.
Hisobot mualliflarining taʼkidlashicha, klublar raqobatchilardan ortda qolmaslik uchun topganidan koʻproq mablagʻ sarflamoqda. Bu qarzlarning oshishiga va klub egalari tomonidan moliyalashtirishga qaramlikka olib kelmoqda. Natijada 32 ta klubning pul zaxirasi 30 kundan kam muddatga yetadi — egalari koʻmagidan mahrum boʻlsa, ular bankrot boʻlishi mumkin.
IFR zaxiralarni koʻpaytirish va klub egalari tomonidan moliyalashtirish toʻxtatilgan taqdirda amalga oshiriladigan rejalarni ishlab chiqish talablari ham kiritilgan olti bosqichli islohot rejasini taklif qildi. Regulyator, shuningdek, ligalar oʻrtasidagi moliyaviy tafovutlarni yumshatish uchun daromadlarni taqsimlash tizimini oʻzgartirishni talab qilmoqda.
IFR raisi Devid Kogan tarkibiy oʻzgarishlarsiz investitsiyalar yoki media daromadlari oqimi qisqarsa, klublar inqirozga yuz tutishini taʼkidladi.

